«davlat aktivlari» tegli maqolalar


O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirish jadallashtiriladi, 12 ta korxona aksiyalari birjaga chiqariladi
26 aprel 2024, 14:18

O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirish jadallashtiriladi, 12 ta korxona aksiyalari birjaga chiqariladi

Prezident davlat obyektlarini xususiylashtirishni jadallashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 247 ta korxonaning davlat ulushlari, 1000 dan ortiq ko‘chmas mulk obyekti va 12 ta yirik korxona aksiyalari savdoga chiqariladi. Sotilmay qolgan yer uchastkalari narxi bosqichma-bosqich pasayadi.

Paynet`ning ta’sischisi o‘zgardi. To‘lov xizmatining yangi egasi kim?
24 aprel 2024, 11:12

Paynet`ning ta’sischisi o‘zgardi. To‘lov xizmatining yangi egasi kim?

Paynet to‘lov xizmatini boshqaruvchi Uzpaynet kompaniyasi ta’sischisi o‘zgardi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi balansidagi 100 foiz davlat ulushi New Industrial Technologies`ga o‘tkazildi. Davaktiv xususiylashtirish jarayoni bo‘yicha yana rasmiy xabar bermadi.

“O‘yin qilmagin”. Prezident davlat aktivlarini xususiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi
17 yanvar 2024, 22:20

“O‘yin qilmagin”. Prezident davlat aktivlarini xususiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident 33 ta don korxonalarini xususiylashtirishni tezlatish bo‘yicha topshiriq berdi. U vazirlik va hokimliklar aktivlari sotuvining sustlashib borayotganini tanqid qildi. Masalan, Toshkent shahrida 25 gektar yer auksionga qo‘yilib, keyin qaytarib olingani sababli budjetga 600 mlrd so‘m kelib tushmagan.

“O‘rta Osiyo Trans” kompaniyasidagi davlat ulushi Hyper Partners`ga sotiladi
20 iyun 2023, 11:50

“O‘rta Osiyo Trans” kompaniyasidagi davlat ulushi Hyper Partners`ga sotiladi

Davlat aktivlari agentligi “O‘rta Osiyo Trans” korxonasidagi 51 foiz davlat ulushini Hyper Partners MCHJga 65 mlrd so‘mga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Savdo doirasida Hyper Partners va uning tegishli shaxslaridan hech biri sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagani to‘g‘risida xulosa taqdim etilgan.

O‘zbekistonda 2023-yilda 1000 dan ortiq davlat obyektlari sotuvga qo‘yiladi
31 mart 2023, 21:57

O‘zbekistonda 2023-yilda 1000 dan ortiq davlat obyektlari sotuvga qo‘yiladi

O‘zbekiston prezidenti 2023-yilda 1000 dan ortiq davlat obyektlarini sotish ko‘zda tutilgan dasturni tasdiqladi. Gap 39 ta yirik davlat kompaniyasi, 8 ta bank, 20 ta vazirlik, boshqa davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining sho‘ba korxonalari hamda firmalaridagi ulushlari haqida bormoqda.

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi
22 dekabr 2021, 21:14

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

O‘zbekistonda yagona besh yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi. 3,1 gektarda joylashgan 8 qavatli mehmonxonada jami 300 ta standart, lyuks va yarim lyuks xonalar, konferensiya va banket zallari mavjud. Savdo barcha uchun ochiq bo‘lishi aytilmoqda.

Yil boshidan buyon davlat aktivlarini xususiylashtirishdan 420 mln dollardan ortiq daromad kelib tushdi
9 noyabr 2021, 09:25

Yil boshidan buyon davlat aktivlarini xususiylashtirishdan 420 mln dollardan ortiq daromad kelib tushdi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 4,5 trln so‘mlik (420 mln dollardan ortiq) 619 ta davlat aktivlari sotildi. 2022 yilda 32 ta yirik obyektni davlat ulushi bilan sotish, «O‘zsanoatqurilishbank»ni xususiylashtirish rejalashtirilmoqda.

«Xususiylashtirishdan maqsad — investorlarga davlat bozorni tark etayotganini ko‘rsatish» — Timur Ishmetov
26 oktabr 2021, 18:56

«Xususiylashtirishdan maqsad — investorlarga davlat bozorni tark etayotganini ko‘rsatish» — Timur Ishmetov

Moliya vaziri Timur Ishmetovning fikricha, xususiylashtirishdan asosiy maqsad investorlarga davlat bozorlarni tark etayotgani va ular davlat kompaniyalari tomonidan adolatsiz raqobatga duch kelishidan qo‘rqmasligini ko‘rsatishdir. «Samarasiz davlat korxonalaridan qanchalik tez qutulsak, biz uchun shunchalik yaxshi», — dedi u.

“O‘zbekiston shampani” zavodining davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi
11 iyul 2021, 11:21

“O‘zbekiston shampani” zavodining davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi

O‘zini shampan va gazlangan vinolarni ishlab chiqarish bo‘yicha yagona ixtisoslashgan zavod sifatida tan oladigan “O‘zbekiston shampani” aksiyadorlik jamiyatining 51,48 foiz davlat ulushini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

Davlat mulkini 1 so‘m qiymatda sotish amaliyoti bekor qilindi
9 iyul 2021, 09:50

Davlat mulkini 1 so‘m qiymatda sotish amaliyoti bekor qilindi

Prezident farmoni bilan davlat mulkini 1 so‘m qiymatda sotish amaliyoti bekor qilindi. obyektlar savdolarga bozor narxlarida chiqariladi. Mol-mulk sotilganidan keyin hududlar va davlat byudjeti ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushi 73 foizdan 87 foizgacha oshirildi.

Metro Plaza Toshkentdagi «Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi» ni xususiylashtiradi
17 iyun 2021, 12:33

Metro Plaza Toshkentdagi «Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi» ni xususiylashtiradi

Toshkent markazidagi gazeta ishlab chiqarish majmuasi binosini sotib olish bo‘yicha tenderda Metro Plaza kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Asoschilar orasida aka-uka Mamasaidovlar va Mirodil Fazilov bor.

Prezident davlat aktivlarini xususiylashtirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi
11 fevral 2021, 09:19

Prezident davlat aktivlarini xususiylashtirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident videoselektor yig‘ilishida davlat aktivlarini xususiylashtirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qo‘chqorov, Ortiqovning ish faoliyatiga davlat ulushi mavjud korxonalarni joriy yilda uch baravarga qisqartirish natijalari bo‘yicha baho beriladi», — dedi davlat rahbari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting